Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu oyatulloh Ali Xameney halok bo‘lganini ko‘rsatuvchi belgilar tobora ko‘payayotganini aytgan, biroq siyosatchi uning o‘limini to‘g‘ridan-to‘g‘ri tasdiqlamagan edi.
Netanyaxuning so‘zlariga ko‘ra, Xameneyning qarorgohi vayron qilingan. Isroilning Channel 12 telekanali xabar berishicha, majmua ustiga 30 ta bomba tashlangan.
Isroil bosh vaziri Eron fuqarolariga ham murojaat qilib, ularni amaldagi rejimga qarshi chiqishga chaqirdi. “Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Bu bir avlodda bir marta beriladigan imkoniyat”, dedi Binyamin Netanyaxu va “yordam keldi” deya qo‘shimcha qildi.

Нет комментариев