Amir Temur Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻoy ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hoz. Shahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hoz. Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror...
tarix.uz
Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillari Jahongir va Umarshayxning maqbaras adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va b. uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va b. shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), “Amir Temur” ordeni taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi.
Нет комментариев