Свернуть поиск
Правая колонка
Til lug'atlarda emas, oilada yashaydi. Birinchi so'zlarni onamizdan, birinchi ertaklarni buvimizdan, birinchi maqollarni hovlida choy ustida bobomizdan eshitamiz. Shunday qilib o'zbek tili uy iliqligi, issiq non hidi va bir-birimizga bo'lgan hurmat bilan birga avloddan avlodga o'tadi...
Bugun bu tilning millionlab ovozi bor: u mahallalarda va universitetlarda, qo'shiqlarda va messenjerlarda, Navoiy g'azallarida va nabiralarga yuborilgan ovozli xabarlarda jaranglaydi. U eslab qolganlarni endigina gapira boshlaganlar bilan bog'laydi. Oilada ona tilida hikoya aytib beradigan inson bor ekan - tilning kelajagi bor.
Mobiuz barchani O'zbek tili bayrami bilan tabriklaydi!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев