Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Omonov Olim Murodullaevich Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida sog‘liqni saqlash tizimida raqamlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda faol ishtirok etib kelayotgan eng faol IT operatorlar esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Quvonarlisi, ushbu taqdirlash marosimida Angor tumani tibbiyot birlashmasining IT xodimlari ham o‘zlarining munosib mehnatlari uchun alohida e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.
Bu kabi e’tirof IT xodimlarining mas’uliyatini yanada oshirib, sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish yo‘lidagi faoliyatlariga yangi kuch va motivatsiya bag‘ishlaydi.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📱Instagram|💬Facebook

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев