Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, o‘zbekona urf-odat va an’analarni keng targ‘ib etish hamda milliy liboslarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida Angor tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan ezgu tashabbus yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur tashabbusga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi hamda uning tarkibidagi barcha davolash-profilaktika muassasalari xodimlari endilikda har juma kuni xizmat vazifalarini milliy liboslarda ado etadilar.
Milliy liboslar xalqimizning boy tarixi, ma’naviyati va o‘ziga xos madaniyatining yorqin ifodasidir. Shu bois bu an’ana nafaqat jamoa orasida milliy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlaydi, balki yosh avlodni milliy o‘zlik ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi.
Shuningdek, shifokor va hamshiralar hamda boshqa tibbiyot xodimlarining milliy liboslarda faoliyat yuritishi tibbiyot muassasalariga murojaat qilayotgan fuqarolarda iliq taassurot uyg‘otib, samimiylik va ishonch muhitini yanada mustahkamlamoqda.
Angor tuman tibbiyot birlashmasi matbuot xizmati
✅Telegram |📱Instagram|💬Facebook

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев