Свернуть поиск
Правая колонка
Inson dunyoga kelganida uning peshonasiga yozilgan Jufti u ulg'aygach qayerda bo'lmasin Ohangrabo dek o'ziga tortaverarkan. O'zi undan qochishga ming uringani bilan ko'ngli undan ayrilishni istamas ekan! Inson qanchalik kuchli bo'lmasin, Ammo o'z qalbiga qarshi borolmas ekan, Zahirada mag'rurlik bilan o'z sevgisini rad etsa ham, Aslida yuragi unga talpinaverarkan... Masofalar ming olis bo'lmasin, Ko'ngli unga yaqin bo'lar ekan, Muhabbat o'zining qonun qoidalari bilan sevishgan dillarni qanchalik ajratishga urinsa ham taqdiri azalga bitilgan ilohiy Muhabbatga baribir visol nasib etar ekan.
Muhabbat insonni charxlab shunday bir komillikka yetkazar ekan-ki eeng qaysar inson ham o'z sevgilisi oldida ojiz, itoatgo'y bo'lib qolarkan! Diliga ilohiy ishq mehmon bo'lgan oshiq uchun haqiqiy oila bilan o'z mashuqasini qalbi bo'larkan. Xaqiqiy baxt esa, O'z sevganini uzoooq ayriliqdan so'ng senga limmo-lim cheksiz muhabbati bilan boqib turgan beg'ubor ko'zlarida ekan... Xayot biz o'ylaganimizdan xam murakkab, Bu hayot yo'lida baland cho'qqilarga duch kelasan, Xis tuyg'ular og'ushida, ko'ksingdagi vulqonlar portlab sen ulardan eng mag'rur cho'qqini tanlaysan. Boshqasini mensimaysan, boshqalari ko'zingga ko'rinmaydi ham. Mana shu cho'qqini zabt etishga kirishasan, Boshing bulutlarga tekkanday bo'lib, huzurlanasan u oyog'ing ostidagi yer silkinganida muozanat saqlay olmay yerga qulaysan... Qarabsanki eng chuqur jarlikda turibsan! Yurak bag'ring pora-pora bo'lganiga qaramay boshing toshga tegib ko'z olding qorong'ulashib ketsa ham tubsizlikdan chiqasan! Bu notekisliklardan chora izlab topasan-u Yana taqdir solib qo'ygan yo'lga tushib g'ildirak misol aylanib yana tark etgan manzilga intilasan, Axvolingga kulishingni xam yeg'lashingni xam yeg'lashingni xam bilmaysan. Taqdir o'yini qay sinovlarga tashlamaydi...

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев