Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
Aslida baxt o‘z qo‘llarimizda!
Bizda bor narsalarni farqiga borib, ulardan zavqlanishda baxt. Nega hamma o‘zini bir qolipga solishga urinadi? Nega yaxshi kiyinib, yaxshi joylarda o‘qiydiganlarni hamma baxtli deb o‘ylaydi?
Aslida baxt o‘zimizda bor!
Yonimizda!
Baxt bu- farzandimiz borligi, ota-onamiz, yoki suyana oladigan yorimiz, dardlasha oladigan opa-singil, aka-ukamiz borligidir!
Bulardan hech bo‘lmasa bir donasi bor bo‘lsa ham bizni baxtsizman deyishimiz biroz kulguli holat.
Baxt - farzandingni kulgusida mujassam;
Baxt - ota-onangning sendan rozi holatda duo qilishida mujassam;
Baxt - tog‘dek suyana oladigan yoringda mujassam;
Baxt - sen xursandligingda sendan ko‘p xursand bo‘ladigan, xafaligingda sendan ko‘p xafa bo‘ladigan opa-singil, aka-ukangda mujassam!
Shuning uchun baxtsizman dema, Alloh barchaga baxtni bergan. Faqat sen uni farqiga bor va baxtli yasha!

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев