Свернуть поиск
Дополнительная колонка
Правая колонка
“Chegara bo’yicha kelishmovchiliklarni hal qilish hukumat o’z zimmasiga oladigan eng qiyin diplomatik vazifalardan biridir. AQSh ushbu muhim kelishuv jo’shqin savdo va xalqlararo aloqalar rivojlanishiga, ikki mamlakat va butun mintaqada farovonlik va tinchlik uchun eshiklarni ochishiga umid qiladi”, deyiladi Davlat departamenti bayonotida.
Tojikiston va Qirg’iziston prezidentlari imzolagan kelishuv natijasida 2021-yilda yopilgan “Qizil-Bel” va “Qayrag’och” nazorat-o’tkazish punktlari qayta ishga tushdi. Dushanbe-Bishkek, Bishkek-Xo’jand yo’nalishlarida aviaqatnovlar, shuningdek, chegaradosh hududlar orasida avtobus qatnovi yo’lga qo’yiladi.
Prezident Emomali Rahmonga ko’ra, yaqin kunlarda Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston davlat chegaralarining tutash nuqtasi bo‘yicha ham kelishuv imzolanishi rejalangan.
📷 president.kg

Присоединяйтесь — мы покажем вам много интересного
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев